«Termiz» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi

O‘zbekiston 12:43 / 21.01.2019 10234

“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Termiz” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

• “Termiz” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash;

• “Termiz” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta'minlash;

• Surxondaryo viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma'muriy kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarga asosan “Termiz” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;

• investorlar bilan investitsiyalar kiritish to‘grisida bitimlar tuzish;

• “Termiz” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va ular bilan ishlash;

• belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan o‘z zimmalariga qabul qilingan majburiyatlarning zarur tarzda bajarilishini tizimli nazorat qilish, keyinchalik natijalarni Ma'muriy kengashga takdim etish;

• “Termiz” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish;

• “Termiz” EIZ hududida infratuzilma obektlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

• “Termiz” EIZ hududidagi yer maydonlarini va ko‘chmas mulk obektlarini boshqarish.

Hujjat bilan “Surkhan Global Trade” MChJ Direksiyaning yagona ta'sischisi hisoblanishi hamda “Termiz” EIZ hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi faol investitsiya siyosatini amalga oshirishi va muvofiqlashtirishi belgilab qo‘yildi.

O‘z binolari qurilgunga qadar Direksiya Surxondaryo viloyati Termiz tuman hokimligining binosidan tekin foydalanish huquqi bilan xizmat xonalari bilan ta'minlanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: