Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston 15:59 / 21.01.2019 23455

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Belvyu saroyida kutib olindi. Prezident faxriy mehmonlar kitobiga imzo qo‘ydi.

Bu yerda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Prezident sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. 

Muzokara avvalida Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayyerni joriy yilning may oyida nishonlanadigan Germaniya Federativ Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi bilan tabrikladi.

Ko‘proq yangiliklar: