O‘zbekiston va AQSh fevral oyida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi

O‘zbekiston 12:22 / 21.01.2019 3048

2019 yilning 18 yanvar kuni O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining xorijdagi diplomatik missiyalari rahbarlari majlisida ishtirok etish uchun Vashington shahriga kelgan AQShning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Alan Melser bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, fevral oyida o‘tkaziladigan siyosiy maslahatlashuvlarning kun tartibi, muddati va darajasi masalalarining O‘zbekiston va AQSh diplomatik missiyalariga bog‘liq jihatlari yuzasidan fikr almashilgan.

O‘zbekiston va AQSh diplomatik missiyalarining konsullik xizmatlari orqali ikki mamlakat fuqarolariga yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e'tibor qaratildi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: