Osiyo Kubogi. O‘zbekiston Avstraliya to‘sig‘idan o‘tolmadi

Sport 21:46 / 21.01.2019 39118

Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi davom etmoqda.

Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Bahsning asosiy daqiqalari ham, qo‘shimcha bo‘limlar ham 0:0 hisobida yakunlandi.

Shundan so‘ng g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Ignatiy Nesterov raqib futbolchilarining bir zarbasini qaytargan bo‘lsada, o‘zbekistonliklardan ham ikki futbolchi - Islom To‘xtaxo‘jayev va Marat Bikmayev xatoga yo‘l qo‘yishdi, Otabek Shukurov va Ikromjon Aliboyevning aniq zarbalari yetarli bo‘lmadi va jamoa 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

📸 Avstraliyaga gol urish armonligicha qoldi – fotojamlanma

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ishtirokini yakunladi. Avstraliya esa chorak finalda BAA-Qirg‘iziston juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo Kubogi-2019. 1/8 final
Avstraliya – O‘zbekiston 0:0
(penaltilar seriyasi 4:2)
BAA. Al-Ayn. «Xalifa bin Zayd» stadioni
Hakamlar: Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim, Tolib Salim Al-Marri va Saud Ahmad Al-Maqaleh (barchasi Qatar)

Avstraliya: 1.Metyu Rayan, 2.Milosh Degenek, 4.Grant Rayan, 5.Mark Milligan, 9.Jyeymi Maklaren (14.Apostolos Yannou, 75), 15.Kris Ikonomidis (10.Robbi Kruz, 96), 16.Aziz Bexich, 20.Trent Seynsberi, 21.Aver Mabil (7.Metyu Leki, 68), 22.Jekson Irvin, 23.Tom Rogich (8.Massimo Luongo, 111)

O‘zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov – 6.Davron Hoshimov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 13.Oleg Zoteyev (4.Farrux Sayfiyev, 105) – 19.Otabek Shukurov, 9.Odil Ahmedov, 22.Javohir Sidiqov (8.Ikrom Aliboyev, 73) – 11.Jaloliddin Masharipov, 17.Doston Hamdamov (16.Aziz Turg‘unboyev, 107), 14.Eldor Shomurodov (10.Marat Bikmayev, 104).

Ogohlantirishlar: Islom To‘xtaxo‘jayev 2, Tom Rogich 19, Aziz Bexich 25, Davron Hoshimov 47, Rayan Grant 109.

Ko‘proq yangiliklar: