OAV: Rossiyada ayol kosmonavtlar otryadi tashkil etilmoqda

Jahon 08:34 / 21.01.2019 5450

Roskosmos ayol astronavtlardan otryad shakllantirib, ularni orbitaga uchiradi. Bu haqda TASS manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Roskosmos nomzodlarni tashabbuskorlik asosida qidirishni rejalashtirmoqda.

Ta'kidlanishicha, «Orlan-MKS» skafandri ayollar tomonidan foydalanish uchun qayta ishlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Xitoy qurollarda ustunlik bo‘yicha poygada AQShni ortda qoldirgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: