OAV: MI6 GRU Skripallar ishidagi «yolg‘on iz»ga aloqadorligini fosh etdi

Jahon 16:29 / 21.01.2019 15808

Rossiya razvedkasi josus Sergey Skripal va AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi «rus dosesi» muallifi Kristofer Stilni o‘zaro bog‘lab, «yolg‘on iz» yaratishda ayblandi. Bu haqda Britaniyaning Daily Telegraph gazetasi razvedkadagi manbalarga tayangan holda yozmoqda.

Skripallar Solsberida asab-falajlovchi modda bilan zaharlanishidan bir yil oldin «yolg‘on iz» yaratilgan, deb yozadi nashr.

Xususan, LinkedIn servisida Skripalga suiqasd qilinishidan bir yil avval nomi oshkor etilmagan profilga ega yozuv paydo bo‘lgan, u tez orada o‘chirib tashlangan. Undan keyin Britaniya OAV Skripalning MI6’dagi kuratori «Orbis Business Intelligence katta tahlilchisi bo‘lib ishlashi»ni xabar berdi. Trampga «dose»ni aynan shu kompaniya e'lon qilgan.

Biroq, qator manbalarning Telegraph’ga xabar berishicha, LinkedIn’dagi profil soxta bo‘lgan yoki u hech qachon mavjud bo‘lmagan, shuningdek, Skripalning MI6’dagi kuratori Trampga qarshi «rus dosesi»ni chiqargan kompaniya uchun hech qachon ishlamagan.

Britaniya gazetasi razvedkadagi «nufuzli manbalar»ga asoslangan. Ularning fikricha, Sergey Skripalga suiqasd Trampning Rossiya bilan aloqalari haqida tekshirilmagan ma'lumot asosida fikr yuritilgan «dose» haqiqat ekaniga shubha uyg‘otish maqsadida «maxfiy amaliyotlar» o‘tkazishning bir qismi bo‘lgan, deyiladi materialda.

Nashrdan qayd etishlaricha, bu dosening muallifi - Kristofer Stil Britaniyaning MI6 razvedkasida Rossiya byurosiga rahbarlik qilgan. U Sergey Skripal bilan Britaniya razvedkasidagi ishi davomida tanishgan bo‘lishi mumkin.

2018 yil martida Sergey Skripal va uning qizi Yuliya «Novichok» asab-falajlovchi modda yordamida Solsberida zaharlandi. Ular hozircha jamoatchilikdan yashirinmoqda. London Moskvani hodisaga aloqadorlikda ayblamoqda.

Kreml Buyuk Britaniya hukumatining Rossiya GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Solsberida zaharlanishiga aloqador ekani haqidagi ayblovlarini inkor qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallarning zaharlanishdan keyingi hayoti haqida tafsilotlar paydo bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: