Namanganda fohishalar yashovchi joylar yo‘laklariga kameralar o‘rnatildi

Jamiyat 18:26 / 21.01.2019 47126

Namanganda videokuzatuv kameralarini o‘rnatish davom etmoqda, deb xabar berdi shahar hokimligi matbuot xizmati.

Hokimlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, videokameralar ichki ishlar organlari ro‘yxatiga tushgan fohishalar yashovchi joylar yo‘laklarida o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, videokameralar ko‘ngilochar maskanlar, kompyuter klublari, shuningdek, spirtli ichimliklar sotiladigan do‘konlarda ham o‘rnatildi.

«Kameralar bir kunda 24 soat ishlaydi», - deya qayd etib o‘tishgan hokimlik matbuot xizmatidan. 

Kameralar ishi uchun Namangan viloyati IIB javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fohishalik uchun jarima miqdori oshirilgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: