Meyning Brexit bo‘yicha rejasi tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

Jahon 08:31 / 21.01.2019 5044

Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit bo‘yicha kelishuvga aloqador vaziyatga yechim topish uchun Belfast bitimiga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Daily Telegraph xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Mey yaqin vaqt ichida Brexit bo‘yicha «B rejasi» haqida Britaniya parlamentiga ma'lumot berishni mo‘ljallagan.

Ta'kidlanishicha, Mey Shimoliy Irlandiyadagi nizoni siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha kelishuvga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Shu bilan birga, Britaniya bosh vaziri Irlandiyaga Britaniya Brexit’dan keyin orol bilan «qattiq chegara» uchun harakat qilmasligini kafolatlash niyatida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Brexit’gacha yangi savdo kelishuvlariga erishishga ulgurmasligi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: