Italiyada Fransiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish taklif qilindi

Jahon 09:42 / 21.01.2019 6419

Italiya bosh vaziri o‘rinbosari hamda iqtisodiy rivojlanish, mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri Luiji Di Mayo Afrikaning mustamlakaga aylantirgani tufayli Fransiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qildi. Bu haqda ANSA xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI Afrikani tark etmayotgan davlatlarga qarshi sanksiyalar joriy qilishni boshlashi kerak.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya Afrikadagi o‘nlab davlatlardan «ularning tangalariga o‘zinikini zarb qilish orqali» foydalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol sobiq rahbarining rafiqasi Fransiyada boshpana so‘ragandi.

Ko‘proq yangiliklar: