Germaniyada Eronning Mahan Air aviakompaniyasining faoliyat ko‘rsatish  ruxsatnomasi bekor qilindi

Jahon 16:05 / 21.01.2019 3613

Germaniya hukumati Eronning  Mahan Air kompaniyasiga GFRda faoliyat ko‘rsatish uchun berilgan ruxsatnomasi bekor qilindi. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib Reuters xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, aviakompaniyadan harbiy maqsadlarda foydalanilayotgani borasida shubhalar paydo bo‘lgan. Mahan Air Myunxen va Dyusseldorfdan Tehronga parvozlarni amalga oshirib kelgan.

Avvalroq Bild gazetasi aviakompaniya Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining sobiq komandiriga tegishli ekanligini xabar qilgandi. Qayd etilishicha, aviakompaniya Suriya prezidenti Bashar Asad bilan hamkorlik qiladi va bu mamlakatga jangarilar va qurollar tashish bilan shug‘ullanadi.

Mahan Air 2011 yilda AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan.

Ko‘proq yangiliklar: