Erdo‘g‘an va Tramp Suriya bo‘yicha kelishib oldi

Jahon 08:30 / 21.01.2019 11156

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Amerika yetakchisi Donald Tramp telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar Suriyada xavfsizlik hududini yaratish bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga kelishib olishdi.

Ta'kidlanishicha, Tramp va Erdo‘g‘an, shuningdek, mintaqada IShID terrorchilik tashkiloti jangarilarining qoldiqlarini yo‘q qilish bo‘yicha choralar ko‘rishga ham rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Turkiyaga iqtisodiy choralar bilan tahdid qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: