Boliviyada argentinalik futbolchilar bo‘lgan avtobus halokatga uchradi 

Jahon 22:14 / 21.01.2019 14342

Boliviya janubida Argentinaning havaskor futbol jamoasi “Sikles Klub Lavale” (Mendosa) futbolchilari bilan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Tarixa – Potosi yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi avtobus 130 metrlik balandlikdan jarlikka qulagan.

Fojia oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jiddiy jarohatlar olgan.

Bu yo‘nalish bo‘yicha Sukra shahridagi musobaqaga yo‘l olayotgan 10 futbolchidan 4 nafari halok bo‘lgan, 6 nafari jarohat olgan. Bu haqda Clarin nashri xabar berdi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi avtobus tormoz tizimi ishlamay qolgani sabab yuz bergan bo‘lishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: