Bektemirda fuqaro qariyb 1 kilogramm opiy bilan qo‘lga olindi

O‘zbekiston 14:02 / 21.01.2019 6045

2019 yil 16 yanvar kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tadbirlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Sharq” YPX maskanida Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi M.M. 920,45 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini o‘zi bilan olib kelayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: