Sayyoramizdagi eng keksa erkak vafot etdi

Jahon 13:30 / 20.01.2019 47427

Jahondagi eng yoshi ulug‘ erkak deb e'tirof etilgan yaponiyalik Masadzo Nonaka 113 yosh 179 kunligida vafot etdi. Bu haqda tv.asahi. xabar bermoqda.

Nonaka 1905 yilning 25 iyulida tug‘ilgan. U so‘nggi yillarda Xokkaydo orolidagi Meakan tog‘i etagida nabiralari bilan istiqomat qilgan. Gazeta o‘qish, sumo musobaqalari va opera tomoshalari uning sevimli mashg‘uloti bo‘lgan.

Endilikda dunyodagi eng keksa erkak maqomi 1905 yil 15 oktyabrda tug‘ilgan germaniyalik Gustav Gernetga o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: