“Rembo” va “Terminator 3” filmlari prodyuseri vafot etdi

Jahon 21:49 / 20.01.2019 8910

Venger millatiga mansub amerikalik kinoprodyuser Endryu Vayna 74 yoshida vafot etdi. U Budapeshtdagi uyida uzoq davom etgan kasallikdan keyin hayotdan ko‘z yumgan. Vayna 59 filmga, jumladan “Evita” hamda “Rembo”ning dastlabki 3 qismiga prodyuserlik qilgan. 

Vayna kasodga uchrashidan oldin blokbasterlar (“Terminator”ning bir necha qismlari) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Carolco Pictures kompaniyasi asoschilaridan biri bo‘lgan. Vaynaning filmografiyasida “Qizil jazirama”, Eyr Amerika”, “Jonni yoqimtoy”, “Barchasini eslash”, “Sudya Dredd” kabi filmlar bor.

Vayna 2011 yildan boshlab Vengriya bosh vaziri Viktor Orban hukumatida ishlagan, uning vazifasiga mamlakat kinematografini tiklash kirgan. “Biz buyuk vengriyalik kinoprodyuserga “alvido” deymiz, asta la vista, Endi! Barchasi uchun rahmat”, deb yozgan Orban Facebook’da.

Ko‘proq yangiliklar: