«Real» turnir jadvalidagi raqobatchini yengib, uchinchi o‘ringa ko‘tarildi

Sport 10:00 / 20.01.2019 10250

Ispaniya chempionatining 20-turida «Real» turnir jadvalidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchisi «Sevilya»ni qabul qildi. Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda hisob 78-daqiqada Kazemironing jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi bilan ochildi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Luka Modrich «Real»ning g‘alabasini mustahkamladi.

Bu g‘alaba «Qirollik klubi» uchun Primerada qatorasiga ikkinchi o‘yindagi g‘alaba bo‘ldi.

Endilikda «Real» ochkolari sonini 36taga yetkazdi va turnir jadvalida «Sevilya»ni (33) quvib o‘tib, uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Keyingi turda «Real» «Espanol» mehmoni bo‘ladi. O‘yin 27 yanvarga belgilangan. «Sevilya» 26 yanvar kuni «Levante»ni qabul qiladi.

«Atletiko» esa bu turda «Ueska» maydoniga safar qilib, 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

O‘yinning birinchi bo‘limida Kokening uzatmasidan keyin Lukas-Fransua Ernandes hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda madridliklar klubi safida Santyago Aryas va Koke bittadan gol urishdi, ikki golga ham Antuan Grizmann hammualliflik qildi.

Endilikda «Atletiko» 41 ochko to‘plagan holda chempionat turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni mustahkamladi, Simeone shogirdlari endi peshqadam «Barselona»ni 2 ochkolik farq bilan ta'qib etmoqda. Kataloniyaliklar 20-tur o‘yinini bugun «Leganes»ga qarshi o‘tkazadi. «Ueska» 11 ochkosi bilan 20-o‘rinda qolmoqda.

Keyingi turda «Atletiko» «Xetafe»ni qabul qiladi, «Ueska» «Real Sosedad» mehmoni bo‘ladi, bu o‘yinlar mos ravishda 26 va 27 yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Bu turda «Selta» «Valensiya»ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

«Selta» himoyachisi Nestor Arauxo 40-daqiqada Brays Mendesning pasidan keyin hisobni ochgandi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida «Valensiya» hujumchisi Ferran Torres hisobni tenglashtirdi, 84-daqiqada Rodrigo «ko‘rshapalaklar» jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Endilikda «Valensiya» 26 ochko to‘plagan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilgan, «Selta» 21 ochko bilan — 17-o‘rinda qolgan.

Ispaniya chempionati
20-tur
Real Madrid – Sevilya 2:0
(0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 78 Kazemiro, 2:0 – 90 Modrich.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon, Modrich, Kazemiro, Sebalos (Valverde, 88), Vaskes (Isko, 77), Benzema, Vinisius Junior.
Sevilya – Vatslik, Navas, Karrisu, Ker, Gomes, Eskudero (Salvaterra, 86), Sarabiya, Banega, Vaskes, Ben-Yyedder (Promes, 71), Andre Silva (Munir, 75).
Ogohlantirishlar: Karrisu (30), Banega (54), Kazemiro (61), Sebalos (65), Ker (85).

Ueska – Atletiko 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 31 Lyuka Ernandes, 0:2 – 52 Aryas, 0:3 – 71 Koke.
Ueska – Santamariya, Miramon, Insua, Echeyta, Pulido, Musto (Errera, 70), Ernandes (Aleks Galyar, 61), Rivera (Avila, 53), Gomes, Ferreyro, Galego.
Atletiko – Oblak, Aryas, Ximenes, Godin, Lyuka Ernandes (Montero, 86), Lemar (Xoakin Munos, 90), Parti, Rodri Ernandes, Koke (Molexo, 72), Grizmann, Korrea.
Ogohlantirishlar: Echeyta (24), Ximenes (62), Korrea (64), Galego (68).

Selta – Valensiya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 40 Arauxo, 1:1 – 71 Ferran Torres, 1:2 – 84 Rodrigo.
Selta – Blanko, Malo, Ronkalya, Arauxo, Junka, Lobotka (Beltran, 89), Xosabed, Bufal (Mor, 71), Brais Mendes, Sisto (Yulsager, 82), Maksi Gomes.
Valensiya – Neto, Pichchini, Garay, Gabriel, Gayya, Soler (Ferran Torres, 61), Parexo, Koklen (Vass, 79), Cheryshev (Gameyro, 61), Santi Mina, Rodrigo.
Ogohlantirishlar: Xosabed (11), Soler (42), Gabriel (42), Brais Mendes (58), Malo (76), Ferran Torres (80), Ronkalya (90).

Ko‘proq yangiliklar: