O‘zbekistonlik ikki futbolchi Osiyo Kubogi ramziy terma jamoasiga kiritildi

Sport 00:46 / 20.01.2019 28461

Fox Spors Asia sayti Osiyo Kubogi guruh bosqichining eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.

Unga darvozaboni Ignatiy Nesterov va hujumchi Eldor Shomurodov ham kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, Nesterov 3ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 3ta to‘p olib chiqdi. Shomurodov shuncha o‘yinda raqiblar darvozasini 4 marta ishg‘ol etdi.

Osiyo Kubogi guruh bosqichining ramziy terma jamoasi:

Ignatiy Nesterov (O‘zbekiston), Bassam Ar-Roviy (Qatar), Kim Min-Je (Janubiy Koreya), Quye Ngok Hai (Vetnam), Tristan Do (Tailand), Xalil Bani Attiyah (Iordaniya), Ali Adnan (Iroq), Chanathip Songkrasin (Tailand), Eldor Shomurodov (O‘zbekiston), Ali Alma'oz (Qatar), Sardor Azmun (Eron)
Murabbiy: Feliks Sanches Bas (Ispaniya)

Ko‘proq yangiliklar: