Demokratlar Trampning budjet inqirozidan chiqish haqidagi yangi taklifini rad etishmoqchi

Jahon 12:37 / 20.01.2019 6901

AQSh Demokratik partiyasi agarda prezident Donald Tramp migrantlarni deportatsiya bo‘lishdan himoya qilishni uzaytiruvchi qonun qabul qilinishi evaziga Meksika bilan chegarada devor qurilishiga pul ajratilishini taklif qiladigan bo‘lsa, bu taklifni qabul qilmaydi. Bu haqda Kongress quyi palatasini nazorat qilayotgan Demokratik partiya vakiliga asoslanib Axios portali xabar qildi.

"AQSh ma'muriyatining bunday nomaqbul takliflari ilgari ham demokratlar tomonidan rad etilgan. Bunday taklif Vakillar palatasidan o‘tmaydi",degan manba.

Avvalroq Axios Tramp demokratlarga murosaga kelish va budjet inqiroziga chek qo‘yishni taklif qilmoqchi ekanligini xabar qilgandi.

Shatdaun — AQSh federal hukumati ishining vaqtincha to‘xtatilishi 22 dekabrdan buyon davom etmoqda. Bunga demokratlar va respublikachilarning Meksika bilan chegarada devor qurilishi sababli budjet borasida kelisha olmaganliklari sabab bo‘ldi. Respublikachilar bu maqsad uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, demokratlar 1,3 mlrd dollarga rozi bo‘lishmoqda.

Ayni vaqtda ichki ishlar, qishloq xo‘jaligi, uy qurilishi va shaharni rivojlantirish, savdo, milliy xavfsizlik va moliya vazirliklari, davlat departamenti moliyalashtirishsiz qoldi.

 

Ko‘proq yangiliklar: