Meksikada yonilg‘i quvuridagi portlash oqibatida 73 kishi halok bo‘ldi

Jahon 07:58 / 20.01.2019 7895

Meksikaning Idalgo shtatida yonilg‘i quvuridagi portlash va yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 nafarga yetdi, 73 kishi jarohat olgan. Bu haqda shtat gubernatori Omar Fayoz ma'lum qildi

Portlash 18 yanvarda Tlauelilpan shahrida quvur kesilgan joyda yuz bergan. Fojia joyida 350 ga yaqin kishi quvurdan otilib chiqayotgan yonilg‘ini bidon va kanistrlarga yig‘ish uchun to‘plangan bo‘lgan. 

Jarohatlanganlardan ba'zilari ikkinchi va uchinchi darajali kuyish jarohatlari olishgan.

Foto: Eluniversal
Foto: Eluniversal

Foto: twitter.com/Hamza_saleem777

 

 

Ko‘proq yangiliklar: