Kongoda muxolifat vakili prezidentlikka saylandi. Mamlakatda tartibsizliklar boshlanishi mumkin

Jahon 17:00 / 20.01.2019 7328

Kongoda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida muxolifatchi siyosatchi Feliks Chisekendi g‘alaba qozondi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Yaqin vaqtlar ichida prezidentning inauguratsiya marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Saylovda mag‘lubiyatga uchragan Martin Fayulu natijalarga norozilik bildirgan, ammo Konstitutsion sud uning protestini rad etgan hamda Chisekedini yangi prezident sifatida tan olgan.

Fayulu esa Kongo fuqarolarini sud qaroriga bo‘ysunmaslikka hamda Chisekedini prezident sifatida tan olmaslikka chaqirmoqda. U hodisalarni konstitutsiyaga zid deb aytdi va mamlakatni yangi namoyishlar qamrashini taxmin qildi.

Bundan avvalroq, o‘tgan yilning dekabrida Kongoda ikki elat - batende va banunu vakillari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 400 kishi o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. 

Ikki elat o‘rtasida siyosiy ziddiyatlar mavjud bo‘lib, batendening bir qator yetakchilari hukmdor koalitsiyani, banunu rahbariyati esa muxolifatni qo‘llab-quvvatlagan.

Ko‘proq yangiliklar: