Boliviyada avtobuslar to‘qnashuvi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Jahon 07:18 / 20.01.2019 5506

Boliviyada 19 yanvarda ikki avtobus to‘qnashuvi oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohat oldi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda ABI axborot agentligi xabar berdi.  

Fojia Chalyapata munitsipalitetida yuz bergan, jabrlanganlar yaqin oradagi shaharlar shifoxonalariga yetkazilgan.

Hozir yo‘l-transport hodisasi tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. To‘qnashuv avtobuslardan biri ikkinchisidan o‘tib ketmoqchi bo‘lganda yuz bergan bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: