Ukrainada Rovno AESining uchinchi energiya bloki nuqsonlar aniqlangani sababli to‘xtatildi

Jahon 15:41 / 19.01.2019 6701

Rovno AESining uchinchi energiya bloki ishi nuqsonlar aniqlangani sababli to‘xtatildi. Bu haqda  Ukrainaning "Energoatom" milliy atom energetika kompaniyasi ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, texnologik himoya tizimi TG-5 turbogeneratorini tarmoqdan uzgan va AES uchinchi bloki reaktorining quvvati 37%ga pasaygan.

Hozirda ushbu holat komissiya tomonidan o‘rganilmoqda.

Stansiyaning birinchi energiya bloki hozirda rejali joriy ta'mirlashda. Ikkinchi va to‘rtinchi bloklar esa to‘liq quvvatda ishlayotgani ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: