Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda 36ta xorijiy safarda bo‘ladi

O‘zbekiston 19:45 / 19.01.2019 40732

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilda 36ta xorijiy safarni amalga oshirishi rejalashtirilgan. Bu haqda Xalqaro-Press klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev ma'lum qildi. 

Jurnalistning aytishicha, davlat rahbari 20 yanvar kuni safarlarning ikkinchisi – Germaniyaga yo‘l oladi. Germaniya poytaxti Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayyer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashishi belgilangan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilni Hindiston safari bilan boshlagandi. 

U  17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat shtati Gandinagar shahri «Mahatma Mandir» ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazilgan «Jo‘shqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etib qaytdi. 

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyevni Belgiya, Shveytsariya, Kanada, Yaponiya, Bolgariya, Belarus Respublikasida kutishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: