Ronaldu 22 yanvarda sud oldida javob beradi

Sport 08:41 / 19.01.2019 24208

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 22 yanvarda Madridda sud oldida javob beradi.

Mirror nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Ronaldu va “Real”ning o‘smirlar jamoasi murabbiyi Xabi Alonso soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda.

Ronaldu Ispaniya sud idoralari bilan kelishuvga kelgani aytilmoqda. Unga ko‘ra, futbolchi 19 mln yevro to‘lab beradi va ikki yil shartli qamoq jazosi oladi.

Shu kuni Alonsoning ishi ham ko‘riladi. Sudlanuvchilar kursisidan Alonsodan tashqari uning soliq bo‘yicha maslahatchisi va maslahat berish firmasi rahbari ham joy oladi. Prokuratura ulardan har birini 2010, 2011, 2012 yillardagi soliq jinoyatlari uchun 5 yilgacha qamoq jazosiga hamda 4 mln yevro miqdorida jarimaga tortishni talab qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: