O‘zbekistonda 2018 yilda chaqaloqlarga qaysi ismlar eng ko‘p qo‘yilgani ma'lum qilindi

O‘zbekiston 13:44 / 19.01.2019 107090

2018 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p qo‘yilgan o‘g‘il bolalar ismi Mustafo bo‘lib, bu ism 7785 nafar chaqaloqqa qo‘yilgan. Bu haqda “Huquqiy axborot “ Telegram-kanalida xabar qilindi.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, 7030 nafar qizaloqqa Soliha ismi berilgan.

Adliya vazirligi mamlakatning 2017 yildagi tug‘ilishga oid fuqarolik holatini qayd etish bo‘yicha e'lon qilgan ma'lumotlarda  o‘g‘il bolalarga Azizbek, qizlarga esa Madina ismi eng ko‘p qo‘yilganini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: