O‘zbekiston Hindistonga uran sotadigan bo‘ldi​

O‘zbekiston 11:45 / 19.01.2019 22143

Hindiston atom reaktorlarini quvvatlantirish maqsadida uran resursiga boy Markaziy Osiyo davlatidan xom-ashyoni sotib olishga qaror qildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Gujorotga tashrifi davomida savdo shartnomasi imzolangan. Qozog‘istondan so‘ng, O‘zbekiston uran xom-ashyosini Hindistonga yetkazib beruvchi ikkinchi Markaziy Osiyo davlatiga aylandi. 

2016 yildan O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishgan Shavkat Mirziyoyev Hindistonga uran yetkazib berish bo‘yicha muzokaralarni 2017 yilda boshlagandi. 2018 yil oktyabrdan buyon ikkinchi marta uchrashayotgan davlat rahbarlari, vanihoyat, savdo shartnomasini imzoladi. 

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston uranni eksport qiluvchilar davlatlar ro‘yxatida yettinchi pog‘onada e'tirof etiladi. 1974 yili Poxran atom tajribasidan so‘ng, G‘arb davlatlari Hindistonga uran xaridi bo‘yicha sanksiya qo‘yganda, mamlakatdagi atom reaktorlari to‘liq quvvat bilan ishlamay qolgandi. Ayni paytda janubiy mamlakat strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun xom-ashyo zaxirasini to‘plamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: