O‘zbekiston – Avstraliya uchrashuvini boshqaradigan hakamlar guruhi ma'lum

Sport 01:13 / 19.01.2019 34276

21 yanvar kuni Osiyo Kubogi nimchorakfinali doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Al-Ayn shahridagi «Xalifa bin Zayd» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Mazkur bahsni qatarlik hakam Abdulrahmon Ibrohim al-Jassim boshqarib boradi. Unga yon chiziqlarda hamyurtlari Tolib Salim al-Marriy va Saud Ahmad al-Maqola yordam berishadi. 

Darvoza ortida qatarlik Xamis Muhammad al-Marriy va Ahmad Abu Bakr Said al-Kaf ishlaydi. To‘rtinchi hakam Deniya Gedara Palita — Shri-Lankadan.

Ko‘proq yangiliklar: