Liviya sohillari yaqinidagi falokat oqibatida 117 kishi bedarak yo‘qoldi 

Jahon 23:02 / 19.01.2019 9334

Liviya sohillari yaqinida O‘rta yer dengizida muhojirlar bo‘lgan kemaning falokatga uchrashi oqibatida 117 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakili Flavio di Jakomo ma'lum qildi.   

Uch kishi qutqarib olingan.

“Qutqarib olinganlarning aytishicha, kemada 120 muhojir bo‘lgan. Shu tariqa yo‘qolganlar 117 kishini tashkil qilmoqda, ular orasida 10 ayol va 2 bola ham bo‘lgan”, deb yozgan Jakomo tvitterda.

Kemadagi ko‘pchilik muhojirlar G‘arbiy Afrikadan bo‘lgan. Falokat Liviya sohillaridan 80 km uzoqlikda yuz bergan.

Ko‘proq yangiliklar: