Germaniya Rossiyadan Kerch bo‘g‘ozi orqali kemalarni erkin o‘tkazishni talab qildi

Jahon 10:46 / 19.01.2019 11548

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Rossiyadan Kerch bo‘g‘ozi orqali kemalar doimiy ravishda erkin o‘tishini ta'minlashini talab qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muloqot yakunida u ayni paytda Kerch bo‘g‘ozidan kemalar erkin o‘tayotganini bildirgandi.

Tages Spiegel nashrining bildirishicha, vazir kemalar erkin o‘tishini hujjat bilan tasdiqlash kun tartibida qolayotganini aytgan.

O‘tgan yilning 25 noyabrida Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining uchta kemasi Rossiya chegarasini buzgani uchun ushlangandi. Kemalardagi 24 ukrainalik dengizchi Rossiya chegarasini buzishda ayblanib, hibsga olingan.

Ukraina Rossiyaning harakatlarini tajovuzkorlik deb topib, bir qator viloyatlarida 30 kunlik muddatga harbiy vaziyat tartibi kiritgan, Moskva esa voqeani ig‘vo deb baholagandi.  

Ko‘proq yangiliklar: