Foreign Policy: Rossiyaning noyadroviy quroli yadroviy qurolidan qo‘rqinchliroq 

Jahon 10:10 / 19.01.2019 31205

Rossiyaning noyadroviy jangovar kallakli raketalari yadroviy qurolidan qirg‘inbarotroqdir, AQSh o‘rta va kichik masoflarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish kelishuvidan chiqib katta xato qilmoqda. Bunday fikrni AQShning Foreign Policy jurnali bildirdi.

Nashrning ta'kidlashicha, kelishuvdan chiqish Vashington uchun halokatli bo‘lishi mumkin. Moskvada yadroviy salohiyatni oshirishga hojat yo‘q, biroq kelishuvning bekor qilinishi unga oddiy jangovar kallakli yangi raketalarni quruqlikda joylashtirishga imkon beradi.

Maqolada NATO kelishuv ostiga tushuvchi qanotli raketalardan katta miqdorda foydalanishi ta'kidlab o‘tilgan. Bunday raketalar jangovar kemalar, suv osti kemalari va samolyotlarda joylashtirilgan. Rossiyaning bunga yagona javobi quruqlikda joylashtiriluvchi qirg‘inbarot noyadroviy raketalarni ishlab chiqishi bo‘ladi. Bunday texnologiyalar Moskvada bor, Vashingtonning kelishuvdan chiqishi esa ularni hayotga tatbiq qilishga imkon beradi. 

Kelishuv 1987 yilda sobiq ittifoq va AQSh prezidentlari Mixail Gorbachyov va Ronald Reygan tomonidan imzolangan. Kelishuv quruqlikda joylashtiriluvchi qanotli raketalarga egalik qilish, ularni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishga imkon bermaydi. 2018 yil oktyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning kelishuvdan chiqishini e'lon qildi.   

Ko‘proq yangiliklar: