Fazliddin G‘oyibnazarov navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi

Sport 09:22 / 19.01.2019 49163

18 yanvardan 19 yanvarga o‘tar kechasi Nyu-York shtatining Verona shahrida o‘tgan boks kechasining to‘qnashuvlaridan birida Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oyibnazarov dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga chiqdi. 

Jangning 3-raundida G‘oyibnazarov raqibini nokdaunga uchratdi. Keyingi raundning boshida Garsiya yana yiqildi, biroq hakam uni sirpanib ketdi, deb topdi. G‘oyibnazarov jangni muddatdan avval tugatishga harakat qildi va oxir-oqibat dominikanlik jamoasi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi.

Bungacha hamyurtimiz professional ringda 6 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgandi (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan, bitta bahsda durang qayd etgan.

Ko‘proq yangiliklar: