Britaniya hukumat kambag‘al o‘quvchilar uchun 2 900ta maktab almashinuv dasturini moliyalashtiradi

Jahon 10:08 / 19.01.2019 3184

Angliyada joylashgan o‘rta ta'lim maktablari maktab almashuv dasturida ishtirok etish uchun chet el o‘quvchilaridan pul talab qilishlari mumkin. Hukumat g‘aznada ajratayotgan 2,5 million funt sterling endi chet el o‘quvchilariga «boshqa madaniyatlar bilan tanishish va noodatiy joylarga borish» imkoniyatini berishi mumkin. 

Britaniya Ta'lim vaziri Damian Hindsning aytishicha, «Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etgani bilan, mamlakat xalqaro imkoniyatlarni qanchalik qadrlashini ko‘rsatishga tayyor».​

Rejaga ko‘ra, dastur bo‘yicha 2,900 nafar o‘quvchining safar va ta'lim xarajatlari qo‘llab-quvvatlanishi taxmin qilinmoqda.

O‘zaro almashinuv dasturi Britaniya Kengashi, madaniy aloqalar tashkiloti bilan hamkorlikda olib boriladi. 

Britaniya Kengashi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, davlat umumta'lim maktablarining faqat 39 foizi mustaqil maktablarning 77 foiziga nisbatan almashish dasturlarini amalga oshirmoqda.

«Maktab almashuvlari juda qimmat bo‘lib, zamonaviy tillar va xalqaro tarixiy mavzularini o‘rganishni dolzarb tutmoqda, shuningdek, o‘quvchilarni ishonchli, mustaqil va keng ko‘lamli yoshlarga aylantirishga yordam beradi», – dedi janob Xinds.

U boshqa tillarni o‘rganish va yoshlar orasida «global istiqbol»ni rivojlantirish muhimligini ta'kidladi.

«Bu sarmoyalar o‘z o‘quvchilarini chet el sayohatiga yuborish, tajriba orttirishiga yetarlicha imkoniyati bo‘lmagan maktablarga yordam beradi», – deb qo‘shimcha qilgan vazir.

Ko‘proq yangiliklar: