Bali orolida xorijlik sayyohlar uchun soliq joriy etiladi

Jahon 12:47 / 19.01.2019 5888

Indoneziyaning Bali oroli hukumati xorijlik sayyohlarga o‘n dollar miqdorida soliq joriy etishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda mahalliy ma'muriyatga tayanib The Straits Times xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sayyohlik solig‘idan tushgan tushum atrof-muhit va Bali madaniyatini saqlab qolish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Qayd etilishicha, orolda plastik chiqindilar muammosi dolzarb hisoblanadi.

"Sayyohlar tushunishadi. Ular atrof-muhit va mahalliy madaniyatni saqlab qolish uchun pul to‘lashdan mamnun bo‘lishadi ", degan gubernator Vayan Koster.

Hozirda sayyohlik solig‘i qanday tarzda olinishi muhokama qilinmoqda. Soliq miqdori aviachipta narxiga kiritilishi yoki aeroportlarda olinishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: