Shvetsiyada siyosiy inqiroz tugadi. Stefan Leven mamlakat bosh vaziri bo‘ldi

Jahon 17:14 / 18.01.2019 2868

Shvetsiya parlamenti sotsial-demokratlar yetakchisi Stefan Levenni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinlash uchun ovoz berdi. Bu haqda SVT xabar qilmoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, parlament qarori Shvetsiyadagi siyosiy inqiroz yakunlanishini anglatadi.

Qayd etilishicha, Leven mamlakat vazirlar mahkamasiga qatorasiga ikkinchi marta rahbarlik qiladi.

Shu bilan birga, Shvetsiyadagi siyosiy inqiroz 131 kun davom etdi.

O‘tgan yilning sentabr oyida Shvetsiya parlamenti bosh vazirga ishonchsizlik votumi e'lon qilgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: