Rossiya TQ Magnitogorsk bo‘yicha xabarlarni rad etdi

Jahon 16:54 / 18.01.2019 8486

Rossiya Tergov qo‘mitasi jurnalistlarni Magnitogorskdagi fojiaga aloqador ekanliklari haqida ma'lum qilishayotgan terrorchilik tashkilotlari xabarlariga ishonmaslikka chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu haqda RF Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko bayonot bergan.

Uning ta'kidlashicha, tergovchilar Magnitogorskda qulagan uyning vayronalari ostida portlovchi modda izlarini aniqlashmagan. Shuningdek, Petrenkoning qo‘shimcha qilishicha, gaz portlagani haqidagi versiya ustuvor bo‘lib qoladi.

Tergov qo‘mitasidan qo‘shimcha qilishlaricha, terrorchilar «dunyoning turli mamlakatlaridagi barcha shov-shuvli hodisalarni o‘zlariga qo‘shib qo‘yishadi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IShID Magnitogorskdagi portlashlar uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: