OAV: Britaniya Brexit’gacha yangi savdo kelishuvlariga erishishga ulgurmaydi

Jahon 17:11 / 18.01.2019 3181

Buyuk Britaniya hukumati Brexit’ga qadar YeI doirasidagi 40ta bitimni almashtirishi lozim bo‘lgan, savdo bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishishga ulgurmaydi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, London Yevroittifoq tarkibidan kelishuvsiz chiqadigan bo‘lsa, unda YeI bilan shartnomalarning aksariyati o‘z kuchini yo‘qotadi.

Qayd etilishicha, Britaniya 2019 yil mart oyiga qadar yangi kelishuvlarga erisha olmaydi.

Shu bilan birga, 2017 yilda Britaniya tashqi savdo vaziri Liam Foks Brexit’ga qadar YeI bilan savdo kelishuvlarini almashtirish haqida va'da bergandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tereza Mey barcha partiyalarga chaqiriq bilan chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: