Klichko Fyuri va Joshua bilan janglar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda

Sport 17:04 / 18.01.2019 15056

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasida jahonning sobiq mutlaq chempioni Vladimir Klichko DAZN striming platformasi bilan uchta jangga shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. 

The Ring ma'lumotiga ko‘ra, shartnoma tuziladigan bo‘lsa, ukrainalik o‘zining sport faoliyatini tiklaydi hamda tashkilot ambassadoriga aylanadi.

Manbalar so‘ziga ko‘ra, 43 yoshli bokschi ringga qaytganidan so‘ng birinchi jangni o‘rta darajadagi raqib bilan o‘tkazadi. Klichkoning ikkinchi raqibiga Ukraina vakilini 2015 yil noyabr oyida mag‘lub etgan Tayson Fyuri aylanishi mumkin. Taxminiy shartnomadagi uchinchi jang Vladimirni 2017 yil aprel oyida nokautga uchratgan britaniyalik Entoni Joshua bilan revansh bo‘lishi ehtimoli mavjud. Hozirgi paytda bu bokschining ringda so‘nggi ko‘rinishi bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yaponiyalik kikbokschi Tensin Natsukava Twitter’da avvalroq o‘zi bilan jang o‘tkazish niyatida ekanini bildirgan aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregorga javob qaytargandi.

Ko‘proq yangiliklar: