Ikromjon Aliboyev: «Avstraliyani mag‘lub etish uchun maydonga tushamiz»

Sport 17:22 / 18.01.2019 12496

BAAda o‘tayotgan Osiyo Kubogi-2019ning «F» guruhi 3-turidan o‘rin olgan Yaponiya – O‘zbekiston uchrashuvidan (1:2) so‘ng mikst zonada futbolchilar jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri Al-Ayn shahridan.

Jumladan, O‘zbekiston milliy jamoasining 8-raqamli himoyachisi Ikromjon Aliboyev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

— O‘yin oson kechmadi. Kerakli natijani qo‘lga kiritib, muxlislarimizni xursand qila olmaganimizdan xafaman. Albatta, Yaponiya — Osiyoning grand terma jamoalaridan hisoblanadi. Har ikki jamoa guruhdan chiqish masalasini muddatidan avval hal qilgani uchun ochiq futbol taklif etishdi. Biz ham o‘yinda imkon qadar tartibli harakat qildik, biroq raqib o‘yin davomida biz yo‘l qo‘ygan xatolardan unumli foydalandi. Lekin o‘yinda gol urish uchun bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi. 

Keyingi o‘yinda Avstraliya terma jamoasi qarshi maydonga chiqamiz. Albatta, g‘alaba qozonish va chorak finalga yo‘l olish uchun o‘ynaymiz. Jamoada bunga yarasha salohiyat, inoq muhit bor.

Ko‘proq yangiliklar: