IIBB: “Ichki ishlar bo‘limlari rahbarlari deputatlar tomonidan tasdiqlanadi, xodimlar yangi forma bilan ta'minlanadi”

O‘zbekiston 17:19 / 18.01.2019 31656

Yaqin oylar ichida ichki ishlar tizimi xodimlari uchun yangi formalar jamoatchilikka taqdim etiladi. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev ma'lum qildi.

“Yangi formalar har qanday rasmiy chiziqlardan xoli va qulay bo‘lishiga e'tibor qaratiladi. Chunki jamoatchilik orasida yuruvchi, operativ jarayonlarda ishtirok etuvchi ichki ishlar xodimi chaqqon bo‘lishi lozim. Ammo eng muhimi forma emas, forma ichidagi inson – ya'ni ichki ishlar xodimning malakasi, ishga munosabati, vijdonliligi. Hozir yangi forma masalasi atroflicha ko‘rib chiqilyapti, tez orada taqdim qilamiz”, – dedi Rustam Jo‘rayev maxsus brifingda.

Tadbirda R. Jo‘rayev ichki ishlar bo‘limlariga yangi xodimlarni ishga olish masalasiga ham e'tibor qaratdi.

“Oldinlari ishga kirish uchun topshirilgan hujjatlar 6-7 oy, ba'zan yillab yotavergan. Hozir uzog‘i bilan 40 kunda qabul qilish-qilmasligimiz haqida aniq javob beryapmiz. Ishga qabul qilish tizimini mutlaqo alohida qildik, maxsus binoga ko‘chirdik. Shuningdek Toshkent shahrida tuman IIB rahbarlari deputatlar tomonidan tasdiqlanishi joriy qilinadi”, - deydi IIBB boshlig‘i.

Ko‘proq yangiliklar: