Britaniyada tashlandiq ko‘mir konlarini sabzavot fermalariga aylantirish rejalashtirilmoqda

Light 17:57 / 18.01.2019 2757

Britaniyaliklar tashlandiq ko‘mir konlarini sabzavot fermalariga aylantirishni rejalashtirishmoqda. Qazib olish jarayonlaridan keyin bo‘shagan konlar talofatli o‘pirilishlarga sabab bo‘lishi mumkin, hudud esa rekultivatsiya va katta miqdordagi sarmoyalarni talab etadi. Biroq olimlar bu muammoning original yechimini taklif etishmoqda: Britaniya bo‘ylab joylashgan ko‘plab tashlandiq konlarni sabzavotlar ishlab chiqariluvchi fermaga aylantirish mumkin.

Nottingem universiteti tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, eski ko‘mir konlari daromad keltirishi va jamiyat foydasi uchun xizmat qilishi mumkin. Ular mamlakatda “Chuqur ferma” nomli loyihani amalga oshirishni taklif etishmoqda. Ushbu ferma hech kimga kerak bo‘lmagan konlarda sabzavot va ko‘katlarni ishlab chiqishni tashkil etish va qishloq xo‘jalik yerlarining foydali maydonlarini band qilmaslik imkonini beradi.

Quyosh nuri yo‘qligiga qaramay, yer ostidagi katta maydonga ega kon issiqxona majmuasi uchun qulay joy sanaladi. Yer ostida tashqi omillar ta'siriga moyil bo‘lmagan barqaror mikroiqlim tashkil etiladi.

Albatta yorug‘likning yo‘qligi sun'iy ultrabinafsha nurlari bilan yoritish tizimini yaratishni talab etadi. Biroq mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘simliklarni yorug‘lik bilan ta'minlash xarajatlarini yer ustida joylashgan issiqxonani isitish xarajatlari bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yerosti suvlaridan ham foydalanish mumkin.

Olimlarning ma'lumotlariga ko‘ra, bir ferma 3 ta xususiy uy kabi energiya quvvatini iste'mol qiladi, bir yilda bu yerda ko‘katlardan 10 martagacha hosil olish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: