AQSh Huawei’ni tijorat sirlarini o‘g‘irlashda gumon qilmoqda

Fan-texnika 09:01 / 17.01.2019 4845

AQSh prokuraturasining fikricha, Xitoyga tegishli Huawei kompaniyasi xodimlari tijorat siri bo‘lgan T-Mobile kompaniyalar guruhi ma'lumotlarini o‘g‘irlagan. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Huawei’dagi nomi oshkor etilmagan shaxslar T-Mobile’ning AQShdagi bo‘linmasi smartfonlarni sinash uchun foydalanuvchi texnologiyani o‘g‘irlab ketgan.

Avvalroq, Bloomberg agentligi Huawei ishi fonida Xitoy davlat kompaniyalari AQShga safar qilishdan tiyilishni tavsiya etgani haqida xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Huawei asoschisi Xitoy foydasiga josuslik qilishdagi ayblovni rad etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: