2019 yil uchun prognoz: "Qaynoq suv"dan chiqish

Iqtisodiyot 16:03 / 17.01.2019 34933

Katta iqtisodchi Barret Kupelyan Global Economy Watch’ning 2019 yilda jahon iqtisodiyotida old qatorlarga ko‘tarilish uchun kutilayotgan prognozlari bilan bo‘lishdi.

Barret Kupelyan

"2019 yil uchun uch shunday mavzuni aniqladik:

Global o‘sish sekinlashadi. 2016 yilning oxiridan 2018 yilning boshiga qadar jahon iqtisodiyoti mini-bum (kichik o‘sish)ni boshdan kechirdi, yirik iqtisodiyotlarda o‘sish kuzatildi, bu bosqich yakunlandi. 2019 yilda Katta Yettilik mamlakatlari uzoq muddatli o‘rtacha ko‘rsatkichlariga qaytishi kutilmoqda. AQShda soliq-budjet sohasining rag‘batlantirilishi kuchsizlanishi ehtimoli bor, nisbatan yuqori foiz stavkalari iste'mol xarajatlarini pasaytirishi mumkin, kuchli dollar esa avvalgidek toza eksportni orqaga tortadi. O‘sish mo‘'tadil - 2018 yildagi 2,8 foizdan 2019 yilda 2,3 gacha bo‘lishi kutilmoqda. Yevrohududdagi jahon savdosidagi va Brexit bilan bog‘liq taranglik salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu vaqtda Yevropa Markaziy banki o‘sishni kamroq qo‘llab-quvvatlaydi, zero uning Miqdoriy yumshatish siyosati tugamoqda. Xitoydagi o‘sish ham 2018 yilga nisbatan sekinlashishi kutilmoqda. Hukumat sekinlashuv minimal darajada bo‘lishiga harakat qilsa-da, AQShdagi tariflarning ta'siri va qarzdorlik darajasini nazorat qilish zarurati o‘sish suratlarining hech bo‘lmaganida biroz mo‘'tadillashuviga olib keladi. Bozori shakllanayotgan mamlakatlar valutalari kuchli AQSh dollari tomonidan vaqti-vaqti bilan bosimga uchrashi mumkin, biroq yil davomida ta'sir kamayadi, bu AQSh iqtisodiyoti sekinlashganida oydinlashadi.

Ishchilar va ish haqi birinchi o‘ringa chiqadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ish o‘rinlarini yaratish sekinlashsa ham, mehnat bozorlariga bosim davom etadi. Bu maoshni oshirishi mumkin, biroq iste'dodlar yetishmovchiligini to‘ldirmoqchi bo‘lgan kompaniyalar uchun muammolar tug‘diradi. 2019 yilda ish o‘rinlarini yaratish yuqori sur'atni saqlab kelayotgan AQSh va Germaniyada ishsizlik darajasi biroz pasayishi kutilmoqda. Biroq boshqa ko‘plab mamlakatlar tuzilmaviy darajaga yetganlikni namoyish etishi mumkin. Bunga Kanada misolida isbot mavjud, u yerda ishsizlik 2017 yilning oxirida 5,8 foiz bilan 40 yillik minimum ko‘rsatkichga yetdi, biroq pasayishni davom ettira olmadi, bu esa o‘z navbatida ish haqi sur'atining jadallashishiga olib keldi. Niderlandiya, Daniya va Belgiya kabi boshqa mamlakatlar shunga muvofiq darajalarga yaqinlashmoqda, ularda ishsizlik darajasini pasaytirish sur'atlari keskin sekinlashmoqda. 2019 yilning oxiriga kelib Brexit tartibga solinishini nazarda tutib, Buyuk Britaniya ishsizlikning deyarli hozirgi darajada bo‘lishini ko‘rishi mumkin, biroq tartibli “kelishuvga erisha olmaslik” ishsizlikning sezilarli darajada o‘sishiga olib kelishi xavfi bor.

Savdo mojarolari chuqurlashadi. Savdo urushlari 2019 yilda ham davom etishi kutilmoqda. Bu esa siyosatchilar va korxonalar uchun noaniqlikni keltirib chiqarishi mumkin. Siyosatchilar istiqbolli tariflarning inflatsiya o‘sishiga ta'sirini baholashga harakat qilsa, korxonalar ularning ta'minot zanjirlari va iste'molchilarga ta'sirini yumshatishga intiladi. Taranglikning asosiy yo‘nalishi hoynahoy AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo bo‘lib qoladi, biroq uning yanada kengroq savdo mojarosiga aylanish ehtimoli ham mavjud. Shunday ekan, korxonalar ham turli ssenariylarni rejalashtirishiga to‘g‘ri keladi.

AQSh davlat budjetining defitsiti yana 1 trillion dollardan oshadi

Budjet defitsiti oshishda davom etishi va 2019 yilda 2012 yildan beri ilk marta 1 trillion dollar ko‘rsatkichidan ortishi ehtimoli bor. Bunga 2017 yilning oxirida Kongress tomonidan qabul qilingan soliqlarning pasayishi va davlat departamenti xarajatlarining yuqori limitlari sabab bo‘lishi mumkin. 1 trillion dollar miqdoridagi defitsit hukumat 2019 yilda soliq va boshqa xarajatlar shaklida oladigan daromadga nisbatan kuniga 3 milliard dollar ko‘proq sarflashini anglatadi. Taqqoslash uchun, o‘z hajmiga ko‘ra AQShnikiga o‘xshash bo‘lgan Yevropa Ittifoqi yalpi davlat iqtisodiyoti budjet profitsitiga ega bo‘lgan ayrim iqtisodiyotlar (Germaniya, Niderlandiya, Gretsiya) bilan AQSh defitsitining bor-yo‘g‘i deyarli beshdan bir qismini tashkil etadigan defitsit ko‘rsatkichiga ega bo‘ladi.

2019 yil tarixdagi eng qaynoq o‘nta yildan biri bo‘ladi

Issiqlik gazlarining chiqarilishi ko‘rsatkichi butun dunyo bo‘yicha rekord darajada yuqori haroratni keltirib chiqaradi, shu bilan birga, favqulodda iqlimiy hodisalarga sabab bo‘ladi. Butunjahon meteorologiya tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalari 2017 yilda haroratning global ko‘rsatkichi 1850-1900 yillardagi sanoat davri o‘rtacha ko‘rsatkichidan 1,1 darajaga baland bo‘lganini ko‘rsatdi. Bu esa 2015 yilda iqlim o‘zgarishiga doir Parij shartnomasi bilan global isishning 2 darajadan oshmasligi belgilangan ko‘rsatkichning yarmidan oshganini anglatadi. Munich Re sug‘urta kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda tabiiy ofatlardan ko‘rilgan jami zarar 320 millard dollarga yetgan va rekord ko‘rsatkichni qayd etgan.

Butunjahon meteorologiya tashkiloti tomonidan global iqlim to‘g‘risidagi yillik hisoboti ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 2017, 2016, 2015, 2014, 2013, 2010 va 2009 yillar qatori tarixdagi eng issiq yoz fasli ro‘yxatiga qo‘shilishi kutilmoqda (2018 yil ma'lumotlari hali e'lon qilinmagan).

40 ga yaqin mamlakat ishchi kuchi qisqarganiga guvoh bo‘ladi

O‘ttiz yil muqaddam mamlakatning mehnatga layoqatli aholisini qisqartirishga odatda urush yoki jiddiy fuqarolik inqiloblari sabab bo‘lar edi, buni Liberiya va Yugoslaviya misolida ko‘rish mumkin. Biroq bunday iqtisodiyotlar soni o‘sha vaqtdan buyon har o‘n yilda aholining qarishi va tug‘ilish darajasining pastligi sabab 1999 yilda - 16 tagacha, 2018 yilda esa 39 tagacha oshdi. Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, G20'ning yetti mamlakati hamda bunga qo‘shimcha ravishda Avstriya, Portugaliya va Ispaniya kabi yirik iqtisodiyotlarda ishchi kuchi soni qisqarmoqda. Biroq Sharqiy Yevropa qisqarayotgan ishchi kuchining global xalqasi bo‘lib qolmoqda. Shimoliy dengiz bo‘ylab Germaniyaga sayohat qilish, Gretsiyadan Egey dengizi, undan janub va sharqqa tomon harakatlanish, keyin esa shimol tomonga burilib Moskvaga, vanihoyat g‘arbga, Germaniyaning Boltiq dengizidagi qirog‘oq bo‘yi bilan yakunlash, 23 mamlakat bo‘ylab harakatlanish mumkin. Ularning barida ishchi kuchi soni qisqarmoqda.

Bu xalqa 2019 yilda Niderlandiya va Belgiyani ham o‘z tarkibiga kiritib, kengayish ehtimoli bor. Ishchilar sonining kamayishi iqtisodiyot uchun muammodir. Doimiy ish quvvatini saqlash uchun ish samaradorligini oshirish lozim. Davlat moliyalashtiruvi kam sonli ishtirokchilardan olinishi lozim. Agar ishchi kuchining qisqarishiga jamiyat vakillarining qarishi sabab bo‘layotgan bo‘lsa, keksalikda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan qariyalar ko‘p bo‘ladi. Uzoqni ko‘ra biluvchi hukumatlar keksa yoshdagi ishchilarini uzoqroq muddat ishchi kuchi sifatida saqlab qolish borasida bosh qotiradi degan fikrdamiz.

Buyuk Britaniya dunyoning yirik iqtisodiyotlari reytingida pasayadi

Buyuk Britaniya Xalqaro valuta fondi (XVF) tomonidan 2018 yilda AQSh dollarining bozor ayirboshlash kursiga ko‘ra yirikligi bo‘yicha dunyoning beshinchi iqtisodiyoti hisoblanar edi. XVF prognozlari va bizning asosiy ssenariylarimizdan kelib chiqib, 2019 yilda u Hindiston va Fransiyadan ham ilgarilashi mumkin. Ana shu o‘zgarishlardan biri doimiy bo‘lishi mumkin. Hindiston aholisi ko‘pligi, demografiyasi qulayligi va YaIMning boshlang‘ich ko‘rsatkichi sabab yuqori salohiyatga ega dunyodagi eng tez o‘sayotgan yirik iqtisodiyot hisoblanadi. Shu bois yaqin o‘n yillikda Hindiston YaIMning jahon ligasi jadvalida o‘sishda davom etish ehtimoli yuqori. Biroq Buyuk Britaniya va Fransiya so‘nggi o‘n yillikda rivojlanish darajasining o‘xshashligi va aholi sonining deyarli tengligi sabab o‘zaro o‘rin almashib kelgan. Fransiya vaziyatining 2019 yilda yaxshilanishi yevroning funtga nisbatan kuchini saqlab qolishga va ko‘proq Brexit'ga bog‘liq.

2019 yil uchun istiqbolli prognozlar

Fransiyada iyun-iyul oylarida ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan chempionatda AQShning amaldagi chempionlari o‘z unvonlarini himoya qilishadi. Mezbonlar, Angliya va Germaniya o‘zlariniing yirik raqiblarini namoyish etadi.

Buyuk Britaniyada onlayn-shopping ilk marta chakana savdolarning umumiy hajmidan 20 foizga ortadi. Internet orqali savdo o‘sadi, odatdagidek noyabr oyida rekord natijani qayd etadi.

Afrikaning ikki yirik mamlakatida saylovlar bo‘lib o‘tadi: Nigeriya (fevral) va Janubiy Afrika (may). Biroq boshqaruvdagi muammolar har ikki mamlakatda ham o‘sish ularning uzoq muddatli o‘rtacha ko‘rsatkichidan past bo‘lishini bildiradi – Nigeriyada - 2,5 foiz va Janubiy Afrikada - 1,6 foiz.

AQShda ishbilarmonlik siklining eng uzoq kengayishi 2019 yilning iyul oyida qayd etiladi. 2009 yil o‘rtalarida boshlangan o‘sish davri 1991 yildan 2001 yilgacha davom etgan kengayish davomiyligidan ortadi, biroq 2020 yoki 2021 yilda bu yakunlanishi mumkin".

Ko‘proq yangiliklar: