O‘zmilliybank Raffayzenbank Germaniya bilan 300 million yevrolik kelishuv imzoladi

Iqtisodiyot 14:27 / 16.01.2019 3972

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2019 yil «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb e'lon qilindi. Davlat rahbari ta'kidlaganidek: «Investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi».  

Mamlakatning 2019 yil uchun belgilangan rivojlanishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan Yevropaning yetakchi banklar bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

2019 yil 14 yanvar kuni Berlinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga davlat tashrifi arafasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida O‘zmilliybank va Rayffayzenbank Germaniya o‘rtasida 300 mln. yevro miqdoridagi kredit shartnomasi imzolandi. 

Imzolangan kelishuv Yevropa ittifoqidan eksport kredit agentliklari (EKA) sug‘urta qoplamasi ostida yuqori texnologiyali uskunalar va texnologiyalar eksportini moliyalashtirishni nazarda tutadi. Shuningdek, O‘zbekistonda yirik investitsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish 7 yil muddatga uzoq muddtli kredit liniya berish orqali amalga oshiriladi. 

Raffayzenbank Germaniya bilan tuzilgan kelishuv “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”da belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi, respublikamizning eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, biznesning keng rivojlantirish uchun investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaratish va takolmillashtirishga qaratilgan. 

Ta'kidlash joizki, Raffayzenbank Germaniya O‘zmilliybankning uzoq muddatli hamkori, xususan, g‘aznachilik va hujjatli operatsiyalar sohasida. Ikki bankning hamkorligi 2001 yilda boshlangan. 

Raiffeisen bank-moliya guruhining tarixi 19 asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi: birinchi Raiffeisen instituti 1886 yilda ochilgan. Raiffeisen Bank International AG (RBI) guruhi bankning asosiy bank bo‘linmasi bo‘lib, Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasida 170 mlrd. AQSh dollaridan ortiq aktivlari bilan yetakchilik qiladi. Umuman olganda, RBI 2200dan ortiq bo‘linmalarga ega bo‘lib, mintaqaning 14 mamlakatida filiallari mavjud. 47 mingga yaqin bank hodimlari 16 millionga yaqin mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. 

Sayt: www.nbu.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: