Moliya vazirligi xalqaro moliya bozorlarida O‘zbekiston nomidan xalqaro obligatsiyalar emitenti sifatida ishtirok etadi

Iqtisodiyot 23:22 / 16.01.2019 3176

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Moliya vazirligi “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga muvofiq vakolatli organ bo‘lib, quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi belgilandi:

xalqaro moliya bozorlarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro obligatsiyalar emitenti bo‘lib ishtirok etish;

emissiya risolasini, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish dasturini, hamda emissiya shartlarini mustaqil ravishda belgilash, shu jumladan emissiya hajmini va foiz stavkalarini xalqaro moliya bozorlari sharoitidan kelib chiqib mustaqil ravishda tasdiqlash;

O‘zbekiston    Respublikasi xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirishga oid shartnoma va bitimlarni tuzish;

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi xalkaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish jarayonida kerak bo‘ladigan tegishli bank hisob varaqlarini ochish va yuritish;

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirishga tegishli boshqa barcha harakatlarni amalga oshirish.

Moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish uchun tegishli bitimlar va shartnomalarni imzolash vakolati berildi.

Ko‘proq yangiliklar: