2019 yil 14 yanvar kuni Berlinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga davlat tashrifi arafasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida O‘zmilliybank va AKA Bank 100 mln. yevro miqdorida kredit kelishuvini imzoladi.
Germaniyaning yetakchi banki bilan tuzilgan kelishuvning asosiy ustunligi – iqtisodiyotning turli sohalarida loyihalarni Yevropaning yetakchi eksport-kredit agentligi (EKA) Euler Hermes sug‘urta qoplamasi ostida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida hamda savdoni moliyalashtirish bo‘yicha loyihalarni (eksport oldi moliyalashtirish, hujjatli akkreditivlar, kafolatlar, postmoliyalashtirishdan foydalangan holda) moliyalashtirish.
Bundan tashqari, kredit kelishuvi doirasida O‘zmilliybank va uning yirik mijozlari Yevropa kapital bozoriga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, shuningdek, kredit mablag‘larini yanada jozibador va qulay sharoitlarda jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shartnoma O‘zmilliybank va AKA Bank o‘rtasidagi hamkorlik yanada rivojlanayotgani hamda Germaniya banklarining O‘zbekiston bank tizimiga bo‘lgan ishonchining ortib borayotganligini tasdiqlaydi.
AKA Bank (AKA Ausfuhrkredit-GmbH) 1952 yilda aksiyadorlari Commerzbank, Landesbank Berlin, LBBW, Deutsche bank, UniCredit bank AG, SEB AG, DZ Bank AG, BHF BANK AG kabi 17 ta nemis kredit tashkilotlari bo‘lgan Germaniyaning banklari konsorsiumi tomonidan tashkil etilgan. Bank aktivlari 3,6 mlrd. AQSh dollari. Bank shuningdek Federal davlat boshqaruvi vazirliklararo qo‘mitasiga a'zo bo‘lib, federal hukumatning eksport sohasida konsultant vazifasini bajaradi.
Sayt: www.nbu.uz
Reklama huquqi asosida