Iqtisodiyot va sanoat vazirining yana bir o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekiston 01:23 / 12.01.2019 20191

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Botir Asadillayevich Xo‘jayev Iqtisodiyot vaziri lavozimidan ozod etilib, yangi tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlangani haqida ilgariroq xabar bergan edik.

Shuningdek, Ravshan Ayubovich G‘ulomov vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ham xabar qilingandi.

Kun.uz manbasining xabariga ko‘ra, Iqtisodiyot va sanoat vazirining yana bir o‘rinbosari tayinlangan.

Shu vaqtgacha Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelgan Botir Shukurullayevich Usmonov Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Kecha O‘zbekiston Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: