AQSh Arktikaga harbiy kema jo‘natmoqchi

Jahon 08:19 / 12.01.2019 9084

AQSh harbiy-dengiz kuchlari vaziri Richard Spenser Arktika suvlariga harbiy kema yuborish niyatida ekanini ma'lum qildi.

U bu haqda The Wall Street Journal'ga bergan intervyusida aytdi.

Uning aniqlik kiritishicha, kelgusi bir necha oy ichida kema Arktikaga yuborilishi kerak.

Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh suvusti kemalari va P-8 Poseidon samolyotini Adak orolidagi portga jo‘natish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Arktikada Kerch voqeasining takrorlanishi taxmin qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: