Advokat maqomiga talabgorlar uchun malaka imtihoni bo‘yicha yangi tartib belgilandi

O‘zbekiston 09:45 / 12.01.2019 6249

Advokat maqomini olishga talabgor shaxslar uchun malaka imtihoni bo‘yicha yangi tartib belgilandi, deb yozmoqda Norma.
 
2018 yilning may oyida prezident tomonidan advokatlar faoliyatini litsenziyalash qoidalarini o‘zgartirish taklif etildi - advokatlik faoliyati mutaxassisliklari bo‘yicha alohida litsenziyalarni joriy qilish. Advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka o‘tash muddatini 6 oydan 3 oyga qisqartirish. Davlat tashkilotlarining yuriskonsulti, sudya, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi lavozimida kamida 3 yil faoliyat yuritgan shaxslarni majburiy stajirovkadan ozod etish. Yangiliklar 2018 yil 1 iyuldan kuchga kirishi kerak edi. Biroq «Advokatura to‘g‘risida»gi Qonunga 2018 yil oktyabrga kelib o‘zgartirishlar kiritildi.
 
Qonunosti hujjatlarini muvofiqlashtirish paytida litsenziyalash jarayoni amalda to‘xtatilgan edi. Shu bois qabul qilingan hujjat mazkur jarayonni tiklash uchun juda muhim hisoblanadi.
 
Malaka komissiyalarida advokatlar ko‘pchilikni tashkil etishi kerakligi belgilangan. Hududiy komissiyalar a'zolari soni 7 yoki 9 nafardan iborat bo‘ladi. Tegishincha, a'zolardan 4 yoki 5 nafari advokatlik hamjamiyati vakili bo‘lishi lozim. Bunda Advokatlar palatasi xodimlari komissiyada ishtirok etishi taqiqlandi. Qolgan komissiya a'zolari adliya organlari, sudlar va boshqa tashkilotlarning huquq sohasidagi tajribali xodimlaridan tayinlanadi.
 
Talabgorlar sudlanmaganligi va muomalaga layoqatliligi to‘g‘risida ma'lumotni komissiyaga mustaqil ravishda topshiradilar. Ilgari bunday ma'lumotlarni to‘plash malaka komissiyasi kotibiga topshirilar edi. Muomalaga layoqatlilik to‘g‘risida ma'lumotnoma bo‘yicha esa ma'muriy tartib mavjud emas. Demak, Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestridan ma'lumot olish uchun hokimiyatga murojaat qilish lozim.
 
Adliya vazirligi imtihon varaqasidagi savollarni tuzishda ishtirok etmaydi. Bu bilan Advokatlar palatasi shug‘ullanadi. Har bir mutaxassislik bo‘yicha (1) fuqarolik va iqtisodiy ishni yuritish, 2) ma'muriy va jinoiy ishni yuritish) savollar bir-biridan farq qiladi. Xuddi ilgarigidek, har bir varaqaga 5 tadan ko‘p bo‘lmagan savol kiritiladi. Komissiya talabgorlar bergan javoblarni 10 ballik tizimda baholaydi. Talabgor to‘plagan ball eng yuqori ballning 60%idan kam bo‘lmasligi kerak.
 
Imtihon topshira olmagan shaxslar, ilgarigidek bir yildan keyin emas, balki 6 oy o‘tgach imtihonni qayta topshirishlari mumkin bo‘ladi.
 
Hujjat 9.01.2019 yildan kuchga kirdi. 

Ko‘proq yangiliklar: