Volkswagen guruhi rekord savdolar qayd qildi

Iqtisodiyot 22:43 / 11.01.2019 8517

Tarkibiga 12 ta brend kiruvchi Volkswagen nemis avtogigantining dunyo bo‘ylab 2018 yildagi savdosi 2017 yildagiga nisbatan 0,9 foizga o‘sib, yangi rekord qiymat – 10,83 mln dona avtomobilni tashkil qildi.

Ta'kidlanishicha, guruhning birdaniga 5 ta brendi: Volkswagen, Skoda, Seat, Porsche va Lamborghini yangi tarixiy maksimumlarga erishdi.

Dekabrda kompaniya Gannover va Emdenda joylashgan korxonalaridan yaqin yillarda 7 migga yaqin xodimni bo‘shatib yuborishini e'lon qilgandi. Ma'lum qilinishicha, bu zavodlarda hozirda 22 ming kishi ishlaydi, ya'ni xodimlar qisqartirilishi deyarli 30 foizni tashkil qiladi.

Bunga esa Volkswagen’ning elektromobillar ishlab chiqarishga kattaroq ko‘lamda o‘tish rejasi sabab hisoblanadi. Bunda bir qator mutaxassisliklarga ehtiyoj yo‘qoladi.

Ko‘proq yangiliklar: