Tramp AQShda favqulodda holat rejimini joriy etish huquqi haqida ma'lum qildi

Jahon 11:52 / 11.01.2019 6853

AQSh prezidenti Donald Trampning Fox News telekanali efirida ma'lum qilishicha, o‘z ma'muriyati mamlakatda favqulodda holat rejimini joriy etishga to‘liq haqlidir.

Uning ta'kidlashicha, qonunda uning favqulodda holat rejimini joriy etish huquqi bo‘yicha «hamma narsa tushunarli». Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, qonun «100% uning tomonida».

«Agar biz kongress bilan kelishuvga erisha olmasak, unda, katta ehtimol bilan, men buni amalga oshiraman [favqulodda holat rejimini joriy etaman]», - deya xulosa qildi Tramp.

Shuningdek, prezidentning qo‘shimcha qilishicha, yaqin kunlarda favqulodda holat rejimini e'lon qilish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy AQShda favqulodda holat rejimini joriy etishga tayyorlanayotgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: